Направлено: Rossiya Ichki ishlar vazirligi Migratsiya Bosh boshqarmasi boshlig'i и еще 2

Jurnalist Ali Feruzning departatsiyasini to’xtating, uni qamoq va qiynoqlardan qutqaring

0

0 человек подписали. Следующая цель: 75 000

“Novaya Gazeta” jurnalistini – do’stimiz va hamkasbimiz Ali Feruzni birinchi avgust kuni O’zbekistonga qaytib departatsiya qilishga hukm qilishdi. U yerda uni qiynoq va qamoq kutmoqda.

U Rossiyada qonuniy ravishda yashab kelayotganiga qaramay, boshpana olish jarayoni hali yakunlanmagani sababli, u Basman sudida xibsga olindi va SUVSIG – departatsiya qilinadigan chet elliklarni saqlanadigan qamog’iga jo’natildi.

Ali (haqiqiy ismi – Xudoberdi Nurmatov) Rossiyada yashashni istaydi, ammo migratsion xizmati uni davlatimiz hududida turishini qonuniylashtirishni rad etib kelgan, Alining bu yerda 6 yildan beri yashashiga va uning onasi va boshqa qarindoshlari RF fuqarolari bo’lishiga qaramasdan.

Muammo shundaki, Alining pasporti yo’q – uni o’g’rilab ketishdi. Migratsion xizmat barcha arizalarga bitta javob beradi: O’zbekistonga qaytib passport olib keling.

Lekin Ali O’zbekistondan chiqib ketishga majbur bo’lgan: uni mahalliy maxsus xizmatlar tomonidan jalb etishga harakat qilishganda rad javobini berganligi uchun hayoti va havfsizligi uchun qo’rqqan. Ali jurnalistik faoliyati va fuqarolik positsiyasi tufayli O’zbekistonda ta’qibga uchrashi mumkinligining havfi bor.

Butun dunyo inson huquqlari faollari O’zbekistonni havfli davlat deb bilishadi: u yerda insonlar g’ayriinsoniy munosabatlarga uchrab qamoqlarda yo'q bo'lishadi. Bundan tashqari, O’zbekistonda ochiq gey bo’lganligi uchun ta’qibga uchrash havfi bor.

Sud qarorini o’n kun ichida qayta ko’rish mumkin.
Vaqt ziq!

Biz Ali Feruzning O’zbekistonga chiqarib yuborilish jarayonini to’xtatilishini, unga Rossiya xududida qolishi uchun rasmiy status berilishini yoki uni qabul qilishga rozi bo’ladigan Yevropa Ittifoqining davlatiga chiqib ketishiga ruxsat berilishini talab qilamiz.

Rossiya Federatsiyasi Inson huquqlari bo'yicha komissari ni va Inson huquqlari kengashi boshlig’ini bu ishni o’z nazorati ostiga olishlarini so’raymiz.

Petitsiyaga qo’l qo’ying va tarqating!

Эта петиция будет доставлена:
  • Rossiya Ichki ishlar vazirligi Migratsiya Bosh boshqarmasi boshlig'i
  • Rossiya Federatsiyasi Inson huquqlari bo'yicha komissari
  • Fuqarolik jamiyati institutlari va Inson huquqlari bo'yicha prezident kengashi raisi

    Igor Iasine с одной лишь подписью создал(а) эту петицию, которую на данный момент уже поддержали 69 765 людей. Создайте вашу петицию для того, чтобы добиться важных для вас перемен.




    Cегодня Igor рассчитывает на вас

    Igor Iasine нуждается в вашей поддержке петиции «Уполномоченному по правам человека в РФ Москальковой Татьяне Николаевне: Jurnalist Ali Feruzning departatsiyasini to’xtating, uni qamoq va qiynoqlardan qutqaring». Igor и 69 764 участника этой кампании рассчитывают на вас сегодня.