O'zbekiston Havo Yo'llari Milliy aviakompaniyasida Davlat tili haqidagi qonun talablari bajarilsin!

0 have signed. Let’s get to 100!


"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasiga kadr tanlashda Davlat tili haqidagi qonun bajarilishi ta'minlansin!

Ushbu petitsiya 15 kun ichida yig'ilgan imzolar bilan:
"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi rahbariyatiga

Ma'lumot uchun:
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Apparatiga
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga
yuborilsin

Har bir mamlakatning havo yo'llari tizimlari o'sha mamlakatning yuzi bo'lib, foydalangan yo'lovchilar yurt haqidagi ilk tasavvurini ushbu yo'lchilik vaqtida oladilar.
Shu sababli, O'zbekiston Davlati uchoqlarida xizmat ko'rsatish uchun olinayotgan kishilar birinchi navbatda O'zbek tilida ravon gapirish, yozish va o'qish qobiliyatiga ega bo'lishi shart.
O'zbekistonning Davlat tili O'zbekchadir. Havo Yo'llari kompaniyasi O'zbekiston Davlatiga buysunuvchi tashkilot bo'lganligi tufayli, Davlat Tili Haqidagi Qonunni bajarishga majbur va mas'uldir.
Kompaniya boshqaruvidan, eskidan ishlayotgan xodimlarni O'zbek tili bo'yicha qayta tayyorgarlikdan o'tkazish bilan birga, yangi olinayotgan xodimlarni tanlashda O'zbek tilini bilishiga e'tibor qaratishini, til bilgisi yetarlicha bo'lmaganlarni tanlovdan o'tkazmaslikni talab qilamiz.
O'zbekiston Havo Yo'llari kompaniyasi ushbu peritsiyadagi masalaga ommaviy axborot vositalari orqali oydinlik kiritsin va kadrlar tayyorlash siyosati tamoyillarini ochiqlasin.

O'zbekiston Yurtdoshlari:



Today: Faxriddin is counting on you

Faxriddin Xudoyqulov needs your help with “O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi: O'zbekiston Havo Yo'llarida Davlat tili haqidagi qonun talablari bajarilsin”. Join Faxriddin and 88 supporters today.