Vazirlar Mahkamasi qoshida Davlat Tilida Ish Yuritish va Terminologiya Qo’mitasini Tiklash

Vazirlar Mahkamasi qoshida Davlat Tilida Ish Yuritish va Terminologiya Qo’mitasini Tiklash

0 kişi imzaladı. Hedefimiz 100.
100 imzaya ulaşıldığında, bu kampanyanın öne çıkarılan kampanyalarda yer alma ihtimali artar.
Dr.Dilorom Hamroeva tarafına Oydin Hayotova bu kampanyayı başlattı

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich MIRZIYOYEV!

O’zbekiston Davlati Mustaqilligi Barqarorligini saqlab qolish, yot unsurli ideologiyalardan himoyalash; kuchli ma’naviyatli, va millati taraqqiyotiga sadoqat bilan xizmat qiladigan nasllar yetishtirish maqsadida O’zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat Tilida Ish Yuritish va Terminologiya Qo’mitasini qayta tiklash va viloyatlardagi ilmiy mutaxassislardan Qo’mita qarorlarini muhokama va tasdiqlash komissiyasini tashkil qilishni qo’llab-quvvatlashingizni so’rayman.

O’zbek xalqi Mustamlaka yillarida atayin buzib ko’rsatilgan manbalardagi singari XIV asrda paydo bo’lgan bir qavm emasdir. O’guz (-uz), Uygur (uy-), Qirg’iz (-iz), Gagauz (-uz) so’zlaridagi -uz, -uy, -iz o’zaklarida o’z ifodasini topgan O’z-Bek yohud eski manbalardagi Uz-Bek xalqi TURKIY QAVMLARNING asos bo’g’inlarinlaridan biridir.

Ming yillardan ortiq Davlatchilik Tarixiga ega Ona Vatanimiz hududi va bu hududda o’z borlig’ini yashatib kelayotgan Dono Xalqimiz, milodning ilk asrlarida yuksak kuch va bilimi bilan Dunyoga hukm etgan Alp Er To’nga Imperatorligidan boshlab (Samarqand Afrosiyob devorlari va Buxoro Arki bu tarixiy davlat qoldiqlaridir), Dunyoda birinchilardan bo’lib tanga pulni muomalaga kiritgan Kanishka, Xuvishka davrlarini, Kiyev Rusidan to Saljuqiylar davlati qurilishiga qadar davlatchiliklarda o’z ta’sirini o’tkazgan Mahmud G’aznaniy Imperatorligi, Hindistonga qadar hududlarda yuksalgan Buyuk Temur Davlatining boshqaruv va an’analarini o’zida mujassamlashtirgan.

XV -asrda Temuriylar davrida Sulton Husayn Boyqaroning (3 kez alohida) farmoni va Davlat arbobi, milliy iftixorimiz Alisher Navoiy say’i-harakatlari bilan TURKIY (ESKI O’ZBEK TILI) TILNI RASMIY DAVLAT TILI SIFATIDA QABUL QILISH VA UMUMJAHON TILI DARAJASIGA KO’TARISH  Davlat Masalasi sifatida qaralgan va dastur sifatida amalga oshirilgan.

1984-yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi qoshidagi Respublika Muassasalararo terminologik komissiya (RMTK)ning tashkil etilishi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqidagi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Respublika terminologiya qo‘mitasi ish boshlagan. Ushbu qo’mita 2000 yillarga kelib esa yopib qo’yilgan.

Til jonli meros va intellektual xazinadir. Undagi har bir so’z va qo’shimchaning inson ongida bitmas tuganmas tafakkur kuchi bor. Hisobimizda 1000 so’m bo’lganda qanday imkonga, 100 000 so’m bo’lganda qanday imkonga ega ekanligimiz orasida qancha farq bo’lsa, 1000 so’z yoki 100 000 so’z tashigan ong va uning ifodasi orasida shu qadar katta bir anglash farqi, zakovat farqi bo’ladi.

Shunday ekan, Davlatimiz Mustaqilligiga jiddiy zarar yetkazadigan, Xalqning Ma’naviy qulligiga sabab bo’ladigan, boshqa Xalq, Davlat va Tilni o’zidan ustun biladigan mafkuralarni keskin to’xtatish burchimizdir.

1) Davlat Ish yuritish hujjatlarining to’la Davlat tilida olib 

2) Ijtimoiy jamiyatdagi reklama, korxona-tashkilotlarning lavhalari, izoh matnlar, tijoriy tanituv ibora va so’zlari, ilmiy matnlardagi atamalarni tartibga solish;

3) Xalqaro hujjatlarda O’zbek Tilining asos olinishini ta’min etish va yon matn sifatida qaysi davlat bilan shartnoma amalga oshirilsa, o’sha davlatning rasmiy tilida tarjima matni ilova etilishini tartibga solish;

4) O’zbek Tilining Izohli Lug’atini qayta nashr etishda faol ishtirok etib, rasmiy so’z va iboralar bilan boyitishni zimmasiga yuklash;

5) Milli Ommaviy Axborot Vositalari uslubini ravon va  Xalqaro Me’yorga Muvofiq keladigan tarzda boyitishga xizmat qilish;

6) Davlat boshqaruvidagi va mahalliy hududlardagi rahbarlarni 1 oylik qisqa muddatli DAVLAT TILIDA ISH YURITISH o’quv kurslarida o’qitishni o’z zimmasiga olish;

7) Davlat Tiliga nisbatan yuzaga kelgan noo’rin munosabatlarni Ijtimoiy-Huquqiy tashkilotlar bilan birgalikda bartaraf qilish;

8) Til uslublari va ularning ijtimoiy jamiyatga aks etishini tartibga solish; masalan: O’zbek Harbiy Tili, O’zbek Huquqiy tili, O’zbek Matbuot tili, O’zbek Rasmiy Murojaat tili, O’zbek Ilm-Fan va ilmiy asarlar tili va me’yorlarini doimiy rivojantirish hamda targ’ib qilish;

9) Barcha sohalarda O’zbek Tilida ish olib boruvchi Malakali va Yuksak Savodxonlikka ega Rasmiy Idora Kotiblarini yetishtirib berish;

10) O’rta va Oliy Maxsus O’quv Yurtlarida Savodxonlik musobaqalari tashkil qilib, buni televideniye orqali targ’ib qilish;

11) Tarixiy Davlatchilik hujjatlari va manbalarni tadqiq qilish, tarixiy-milliy tamoyillarni ishlab chiqish;

12) Davlat hujjatlarining Lotin Alifbosida va O’zbek Tilida to’g’ri tuzilishini tashkil qilish va Nazorat qilish;

13) Davlat Boshqaruvi ust qadamalari hujjatlarini eng yuksak saviyada tuzib berish va doimiy tartibga solib borish

14) Xalqaro hujjatlardagi atama, ibora va jumlalarning xatosiz va mukammal tarjima qilinishi maqsadida Rasmiy Hujjatlar tili Tarjima Lug’atlarini nashr qilish;

15) Savodli va Rasmiy idoraviy ma’lumotga ega , Xalqaro doiralarda o’zini to’g’ri va savodxonlarcha ifoda eta oladigan avlodlar yaratish yo’lida dasturlar ishlab chiqishi uchun mazkur Qo’mitani qayta tiklashingizni,

Milliy istiqlolimiz, Tarixiy Davlatchiligimizni va Davlat Tili Maqomidagi Ona Tilimizni ximoya qilishingizni, Mafkuraviy Mustamlakaga moyil kishilar qo’li bilan  Haqiqiy Mustamlaka Davlatga aylanib qolmasligimizni; bu Ona Vatan, bu fidokor Xalq, bu ming asrlik tarix oldida abadiyan javobgar ekanligimiz, har bir ish va amalimiz  tarix sahifasida muhaqqaq qolar ekan, haqiqiy Milliy Sharaf,  yuksak Tafakkur va  o’zbekona elparvarligingiz bilan ushbu masalani hal qilishingizni chin dildan iltimos qilaman.

Yuksak ehtirom bilan Dilorom Hamroeva

0 kişi imzaladı. Hedefimiz 100.
100 imzaya ulaşıldığında, bu kampanyanın öne çıkarılan kampanyalarda yer alma ihtimali artar.